Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerdan foydalanganlik ustidan nazorat kuchaytiriladi
4.03.2019 yildagi O‘RQ–526-son qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Norma’ning yozishicha, yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatsiz yoki hujjatda ko‘rsatilganiga nisbatan katta hajmdagi yer uchastkalaridan foydalanilganlik va yer uchastkasiga bo‘lgan egalik qilish, foydalanish, ijara va mulk huquqining ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi hollari haqida soliqchilarga ma'lum qilishi shart. Bunga mazkur hollar aniqlangan kundan e'tiboran 10 kunlik muddat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish moliyaviy jazo chorasini qo‘llashga – jismoniy shaxslarga yer solig‘ining uch baravari miqdorida, yuridik shaxslarga esa to‘rt baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (Soliq kodeksining 121-moddasi). Parallel ravishda, aybdorlar yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganliklari uchun javobgarlikka tortilishlari mumkin (MJTKning 60-moddasi; JKning 229-1-moddasi).
Bundan tashqari, har bir qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati to‘g‘risida DSQga axborot taqdim etish davriyligi belgilandi: har yili yanvar oyining birinchi o‘n kunligida, yil davomida normativ qiymat o‘zgargan taqdirda – yangi normativ qiymat aniqlangan kundan e'tiboran 10 kunlik muddatda. Axborot yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi va (yoki) baholovchi organlar tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.
Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bog‘liq da'volar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi.
Qonun 6.06.2019 yildan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish tartibi o‘zgarishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
08:58 / 25.05.2026
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
18:00 / 06.05.2026