Şu hafta boşida Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin «har qanday boşqaruvçi rahbar» kabi prezident lavozimida işlaşga qiziqişi haqida gapirdi.

«Men hamişa hozirgi iş joyimda hali köp işlarni amalga oşira olmaganimni aytib kelganman. Şu sababli faqat mavhum fikr bildirişim mumkin. Prezident böliş har qanday boşqaruvçini qiziqtirişi aniq. Lekin eng asosiysi, albatta, manfaat emas, balki bundan mamlakatga va odamlarga biror foyda tegişidir», degandi vazir «Kommersant» jurnalistlar akademiyasi tinglovçilariga.

Oreşkin prezident böliş zimmaga «haddan taşqari köp yuk» yuklaşini qöşimça qilgandi.

«Hozirgi faoliyatimdan ham biliş mumkin. Iş joyimdagi oğir yuklamadan taşqari tinimsiz zaruriy yugur-yugurlar, prezident, boş vazir va boş vazir örinbosarlari bilan majlislar… Miya bir lahzaning özida turli mavzular örtasida köçib yurişi şart, iş esa yarim tunga qadar çöziladi. Tuşunarliki, qançalik yuqori lavozimda bölsang, yuklama ham şunça köp böladi. Agar sen mamlakat uçun çindan nimadir qilişni istasang, bu yuk haddan taşqari oğir böladi», degan u.

Maksim Oreşkin kim özi?
Oreşkin — Rossiya hukumati tarkibidagi eng yoş vazir hisoblanadi. Faoliyatini Rossiya banki va Rosbankda boşlagan Maksim Oreşkin keyinroq Moliya vaziri örinbosari sifatida işlagan, 2016 yilning noyabrida esa Aleksey Ulyukayev şov-şuvli tarzda hibsga olinişi va «işonçni yöqotişi sababli işdan böşatilişi» ortidan iqtisodiy rivojlaniş vaziriga aylangandi.

«U öziga bölgan işonçi bilan kişi e'tiborini jalb qiladi. Bu turli yiğinlarda darhol közga taşlanadi. U hukumatning barça a'zolari içida yaqqol ajralib turadi», — deya unga ta'rif bergan Bi-bi-sining Rossiya hukumatdagi manbasi.

2017 yilda Bloomberg naşri Rossiya prezidentiga yaqin manbalarga asoslangan holda Oreşkinni «Putinning yangi arzandasi» deya ta'riflagandi.

Manbalar MER (Ministerstvo ekonomiçeskogo razvitiya) rahbari avvalgi vazirlardan farqli ravişda siyosiy ahamiyatga ega yirik xalqaro forumlarda Putinga hamrohlik qilişi u prezidentning işonçli kişilaridan biriga aylanganini aytişgandi. Oreşkin 2017 yilda Hamburgdagi G20 sammiti vaqtida Putinning Donald Tramp bilan uçraşuvi tafsilotlari haqida gapirib bergani ham bunga dalil böla olardi.