Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin 30 noyabr kuni Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (Vysşaya şkola ekonomiki) talabalari bilan bölgan uçraşuvda Özbekiston 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilişini ma'lum qildi. Bu haqda iqtisodçi Behzod Hoşimov telegramdagi kanalida xabar bergan.

«Bugun Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin, Oliy iqtisodiyot maktabi (NIU VŞE) talabalari bilan bölgan uçraşuvda Özbekiston Yevroosiyo ittifoqiga 2020 yili kirişini tasdiqladi. Undan taşqari talabalarga kelayotgan ta'tilda Özbekistonga borişni tavsiya qildi va Özbekiston turistik jihatdan nihoyatda qiziqligi va mehmondöstligini aytib ötdi. Hozirda muzokaralar Özbekiston davlat korxonalariga Yevroosiyo ittifoqiga kirişdagi imtiyozlar haqida bölayotganini va bu masalada kelişuv albatta bölişi haqida aytdi.

Aytiş joizki,  Oreşkin hozirda Rossiya va Özbekistonning iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyasining Rossiya tarafidan rahbari hisoblanadi.

Boşqa juda işonçli manbalarga köra,  Özbekiston Yevroosiyo ittifoqiga kirişi 2020 yilning kuzida, Toşkentdagi MDH davlatlari sammitida e'lon qilinar ekan», deyiladi xabarda. 

Eslatib ötamiz, şu yilning oktabr oyi boşida Rossiya Federatsiyalar kengaşi raisi Valentina Matviyenko Toşkentga taşrifi vaqtida Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş masalasini körib çiqayotgani töğrisida ma'lumot bergandi.

Keyinroq Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Özbekiston uşbu ittifoqqa qöşiliş imkoniyatlarini uç yildan beri örganayotganini ma'lum qildi va şu bilan birgalikda Özbekiston milliy manfaatlarga raxna soluvçi heç qanday şartnomaga qöl qöymasligini ta'kidladi.

YeOIIga a'zo böliş migrantlar hayotini yengillaştirişi haqida bong urilmoqda. Aslida-çi?

7 oktabr kuni Özbekiston Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi joylaştirildi. Unga köra, Özbekiston 2022-2025 yillarda YeOIIga a'zo bölib kirişi