NATO alyans chegaralari yaqinida Rossiya tomonidan raketalar joylashtirilishiga muvofiqlashtirilgan javob tayyorlayapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg shu haqda ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO «Rossiya harakatlariga» yaxshi darajada muvofiqlashtirilgan javob tayyorlaydi.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimga «amal qilishga qaytishi» kerak.

Bundan oldin, NATO Rossiyaga «so‘nggi imkoniyat» bergandi.