Jomboy tumanining O‘rtabo‘z mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillaridan tahririyatimizga murojaat kelib tushdi. Kun.uz muxbirlari murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.

Mahalla ahli o‘rmon xo‘jaligiga tegishli yerda barpo etilgan uy-joylarni Prezidentning 2018 yil 20 apreldagi PF–5421-sonli farmoniga ko‘ra hujjatlashtirib berishni so‘rashgan.

Bizga shu joyda istiqomat qilayotgan 100dan ortiq kishining ayrim vakillariga mikrofon tutdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Ularning aytishlaricha, bu uy-joylarni ular 2006 yillarda o‘rmon xo‘jaligida ishlashgani uchun qaror asosida qo‘lga kiritishgan. Buning uchun to‘lov ham qilishgan. Ularning ko‘pchiligi o‘sha vaqtda uy-joy qurishga imkoniyati bo‘lmagani uchun keyinchalik uy ko‘tarishgan.

Endi esa vaziyat jiddiy, mutasaddilar kelib, uy-joylar buzilishi haqida ogohlantirib ketishmoqda.

Jomboy tuman hokimi Umid Nazarovning Kun.uz muxbiriga bildirishicha, mazkur yer O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi balansida bo‘lib, uning yeri aholi tomonidan noqonuniy egallab olingan. Yerni egallaganlar orasida nafaqat jomboyliklar, balki Samarqand viloyatining boshqa tumanidan kelgan oilalar ham bor.

Aholining mutasaddilar tomonidan elektr liniyasi va gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilayotgani haqidagi e'tirozlarini tuman hokimi quyidagicha izohladi.