O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Farmonga ko‘ra mamlakatda aziz va mo‘tabar ayol zotini ulug‘lash, ularning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, xotin-qizlarning oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog‘lom va ma'nan barkamol etib tarbiyalash, yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida qishloq xo‘jaligi, sanoat, tadbirkorlik, fan-texnika, innovatsiya, ta'lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san'at va boshqa sohalarda alohida tashabbus ko‘rsatib, samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»

Salohiy Dilorom Isomiddin-qizi - Samarqand davlat universitetining mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»

Markelova Lyudmila Vasilevna - Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining velotrek bo‘limi katta murabbiy-o‘qituvchisi

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Vaxidova Gulchexra Gulyamovna - Mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Mustafayeva Xanifa - Mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Rashidova Sayyora Sharafovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori

Salyamova Nazira - Toshkent shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi rahbari

Xashimova Ulmas Paxritdinovna - Mehnat faxriysi, Toshkent shahri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdirova Tazaxan Mambetkarimovna - «Qo‘ng‘irot soda zavodi» mas'uliyati cheklangan jamiyatining sex apparatchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Abidova Muxabbat Fazilovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi