Şu yilning 12 yanvarida Kun.uz saytida «Qarşidagi xonadon içidan çiqqan «buloq»dan oila aziyat çekmoqda. Muammoga yeçim topiladimi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Unda Qarşi şahri, Ğofur Ğulom mahallasidagi A.Xöjayev xonadoni ostidan ötgan magistral içimlik suvi quvuri yorilişi natijasida uşbu uyda yaşaydigan oila aziyat çekayotgani va muammo hal etilmayotgani yoritilgandi.

Uşbu uylar 1989 yilda xonadon egalari işlagan korxona tomonidan qurilgan. Öşa vaqtda belgilangan me'yorlarga amal qilinmagan va magistral içimlik suvi quvuri ustiga uylar barpo qilingan. Xonadonlar uçun barça tegişli hujjatlar rasmiylaştirib berilgan.

Ança yillar avval yöl qöyilgan xato bugungi kunda uşbu oilaning aziyat çekişiga sabab bölayotgani, uşbu xonadonning yon-atrofidagi uylarda istiqomat qilayotgan oilalar ham şunday xavf ostida yaşayotgani avvalgi maqolada aytib ötilgan edi.

Örganişimiz davomida Qarşi şahar hokimligi quriliş bölimi mutaxassisi Xurşid Ziyatov qurilişda belgilangan me'yorlarga amal qilinmagani uşbu muammoga sabab bölganini ta'kidlab, manzilli dastur asosida quvurni köçiriş işlarini amalga oşiriş lozimligini aytgandi.

Ammo 2019 yil uçun manzilli dasturlar tasdiqlab bölingani bois muammoning yeçimi uçun boşqa zarur çoralarni köriş talab etilardi.

Qaşqadaryo viloyati «Suvoqova» DUK boş muhandisi Bahrom Mirzayev va Qarşi şahar hokimining quriliş masalalariga mas'ul örinbosari Uluğbek Avazov dastlabki örganiş vaqtida masalaning yeçimi yuzasidan barça zarur çoralarni körişini, xarajatlarni hisoblab çiqib, belgilangan tartibda quvurni köçiriş işlari tez kunlarda boşlanişini bildirgan edi.