Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura G‘azalkentdagi qotillik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
2019 yil 28 fevral kuni soat 22:40larda Bo‘stonliq tumani IIB navbatchilik qismining xabariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Markaziy m.f.y., Chirchiq ko‘chasi 34-uyda yashagan 15.01.1980 yilda tug‘ilgan I.U.ning murdasi o‘z yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Bundan tashqari, marhuma I.U.ning 03.11.2003 yilda tug‘ilgan farzandi A.U. tanasining turli joylarida kesilgan sanchilgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilib, tuman ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasiga yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 1 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a,j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 01.03.2019 yilda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
02.03.2019 yilda N.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari, 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e'lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
14:45 / 11.05.2026