Rio Olimpiadasining çempioni, ayni vaqtda professional boksda öz faoliyatini olib borayotgan Fazliddin Ğoibnazarov navbatdagi jangini qaçon ötkazişini e'lon qildi. 

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, Ğoibnazarov 11 may kuni sakkizinçi bor professional ringga kötariladi.

“Bölajak jangning sanasi va qayerda ötkazilişi aniq böldi. Rostini aytsam, raqib ham ma'lum. Biroq uning kimligini hozir e'lon qilmoqçi emasman. Negaki janggaça hali vaqt bor va barçasi özgarib ketişi mumkin. Ayni paytda jamoam bilan jangga qizğin tayyorlanyapmiz. Raqib ism-şarifini bir hafta içida e'lon qilaman”, – deydi Fazliddin Ğoibnazarov.

Eslatib ötamiz, Ğoibnazarov şu paytgaça professional boksda yetti bor jang ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongan va 4tasi nokaut evaziga qölga kiritilgan.