Jahon | 00:39 / 11.03.2019
3711
2 daqiqa o‘qiladi

Jazoir prezidenti saylovlarda ishtirok etish uchun Shveytsariyadan qaytdi

10 mart kuni Jazoir prezidenti Abdulaziz Butafliqa mamlakat prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun Shveytsariyada davolanayotgan klinikadan vataniga qaytdi. Bu haqda Jazoirning An-Nahar telekanali ma'lum qildi.   

82 yoshli Butafliqa 5-marotaba prezident bo‘lishni rejalashtirmoqda. Biroq bir qator mutaxassislar uning sog‘lig‘i borasida xavotir bildirishmoqda. Butafliqa 2013 yildayoq insultni boshidan o‘tkazib, Fransiyada davolangan, shundan keyin nogironlar aravachasida harakatlanadi va omma oldida kam ko‘rinish beradi. Fevral oxirida Butafliqa Jyenevadagi klinikalardan biriga tibbiy tekshiruvga jo‘nagani ma'lum qilingandi.

Bu orada Jazoirda 22 fevraldan beri Butafliqani sog‘lig‘i sababli saylovlardan chetlatilishi talab qilinayotgan ommaviy namoyishlar to‘xtamayapti. Butafliqa mamlakatni samarali boshqara olishiga shubha bildirilmoqda.

Amaldagi prezidentning o‘zi esa 18 apreldagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, islohotlar o‘tkazib, so‘ngra muddatdan avvalgi saylovlar o‘tkazilishini e'lon qilmoqchi. U bu saylovlarda ishtirok etmasligini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid