Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya sayyohlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi
OAVda Turkiyaga boradigan sayyohlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati bu haqda bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Yevropadagi ba'zi ommaviy axborot vositalarida Turkiyaga tashrif buyuruvchi chet ellik sayyohlarni kutib turgan ko‘ngilsizliklar haqidagi xabar atayin o‘ylab topilgan asossiz uydirmadir.
Tashqi ishlar vazirligi spikeri Xami Akso‘y Germaniyadagi ba'zi nashrlarda tarqalgan xabarlar haqidagi savolga javob berdi:
- Germaniyadagi ba'zi nashrlarda Turkiyaga boradigan sayyohlar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarning haqiqatdan yiroq ekanligi kundek ravshan. Ichki ishlar vazirimizning terrorchilikka qarshi kurash doirasida bildirgan bayonotidagi ayrim jumlalar atayin boshqacha talqin qilingan. Turkiya har doimgidek, Germaniya va boshqa barcha davlatlardan keladigan sayyohlarga an'anaviy turk mehmondo‘stligini ko‘rsatishda davom etadi.
Bundan oldin, The Times nashri Turkiya ichki ishlar vazirligi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tuzumiga qarshi chiquvchi xorijliklar Turkiyaga kelishlari bilan darhol hibsga olinishlarini ma'lum qilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026