AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi Efiopiyadagi aviahalokat tufayli Boeinğga 737 MAX 8 va 737 MAX 9 samolyotlarini modernizatsiya qiliş majburiyatini yuklaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda idora saytida ma'lum qilindi.

Boşqarma ma'lumotlariga köra, ba'zi hisobotlar Efiopiya va Indoneziyada Boeing laynerlarining qulaşi bir-biriga öxşaş ekanini körsatmoqda.

Şuningdek, idoradan qöşimça qilişlariça, boşqarma heç qanday xulosa çiqara olmaydi.

Bundan oldin, Xitoy Boeing 737 MAX’ni vaqtinça taqiqlaşga qaror qilgandi.

Xitoy kompaniyalari tomonidan qariyb 60ta şunday samolyot işlatiladi. «Interfaks» xabariga qaraganda, ularning örniga Boeing 737-800’dan foydalaniş tavsiya etilmoqda. Boeing kompaniyasi vaziyatga izoh bermadi.