Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Davlat xaridlarini ötkaziş böyiça xizmatlarni körsatiş huquqiga ega bölgan ixtisoslaşgan taşkilotlar töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Davlat xaridlarini ötkaziş böyiça xizmatlarni körsatiş huquqiga ega bölgan ixtisoslaşgan taşkilotlar töğrisidagi nizomga köra, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi “Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5624-sonli farmoniga muvofiq davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Ixtisoslaşgan taşkilotlar quyidagi davlat xaridlari böyiça xizmatlarni körsatişi mumkin:
rivojlantiriş davlat dasturlarini, Özbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Özbekiston Respublikasi hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni, şuningdek davlat buyurtmaçilarining xöjalik faoliyatini röyobga çiqarişda amalga oşiriladigan;
Özbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boşqa davlat maqsadli jamğarmalari, Özbekiston Respublikasi prezidenti va Özbekiston Respublikasi hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, hukumatga qaraşli bölgan va hukumatga qaraşli bölmagan çet el taşkilotlari bilan tuzilgan şartnomalar doirasida taqdim etiladigan çet el grantlari hamda Özbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan çet el kreditlari hisobidan moliyalaştiriladigan.
Davlat buyurtmaçisi tomonidan ixtisoslaşgan taşkilotlarni tanlaş, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelişilgan maxsus axborot portali operatori tomonidan yuritiladigan va maxsus axborot portalida kamida bir oyda bir marotaba e'lon qilinadigan (yangilanadigan) ixtisoslaşgan taşkilotlar röyxatida mavjud bölgan ixtisoslaşgan taşkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oşiriladi.
Ixtisoslaşgan taşkilotlar davlat xaridlarini ötkazişni taşkil etiş böyiça xizmatlarni körsatiş uçun quyidagi talablarga javob berişi kerak:
Özbekiston Respublikasida örnatilgan tartibda röyxatdan ötkazilgan yuridik şaxs bölişi;
ixtisoslaşgan taşkilotning ta'sisçisi davlat xaridi sub'yekti bölmasligi;

















