Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoir prezidenti saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortdi
Jazoir prezidenti, 82 yoshli Abdulaziz Butafliqa mamlakat prezidenti lavozimiga 5-marotaba nomzodini qo‘yish fikridan qaytdi. Bu haqda Tsa-Algerie nashri xabar berdi.
“Sog‘lig‘im va yoshim Jazoir xalqi oldida o‘z majburiyatlarimni bajarishga imkon bermaydi”, deb aytilgan prezidentning millatga murojaatida.
Shu bilan birga, Butafliqa 18 aprelga belgilangan saylovlarning ko‘chirilishini ma'lum qilgan.
Avvalroq Jazoir hukumati mamlakatda davom etayotgan ommaviy noroziliklar ortida iste'foga ketdi. Butafliqa hukumatda o‘zgartirishlar amalga oshirib, so‘ngra umummilliy anjuman tashkil etmoqchi, uning natijalariga ko‘ra esa saylovlarning yangi sanasi belgilanadi.
Butafliqa Jazoirni 1999 yildan beri boshqarib keladi. Bir necha hafta oldin Butafliqa o‘z nomzodini saylovlarga ilgari surmoqchiligini e'lon qilgandan keyin mamlakatda bunga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangandi.
Mavzuga oid
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
20:56 / 11.06.2025
Shimoliy Afrikadan G‘azoga birdamlik karvoni yo‘lga chiqdi
23:02 / 12.05.2025
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
11:30 / 16.04.2025