Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston Badiiy akademiyasi, Özbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyuşmasi
hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali Boş direksiyasi negizida Xalqaro festivallar direksiyasini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.

Direksiya faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

özbek san'atining barça yönalişlarida respublika miqyosidagi xalqaro va respublika festivallar, körik-tanlovlar hamda uning doirasida körgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlarni va boşqa barça davlat tadbirlarini ötkaziş;

xalqaro musiqa festivali taşkilotlari bilan ijodiy hamkorlikni yölga qöyiş;

özbek milliy san'atini Özbekistonda va xorijda keng tarğib qiliş va uning eng noyob namunalarini saqlab qoliş, ularni kelajak yoş avlodga yetkaziş hamda uni yanada ommalaştiriş işlarini olib boriş;

özbek milliy san'atini, xalqaro va respublika festivallarni, körik-tanlovlarni ommaviy axborot vositalari orqali, şu jumladan internet tarmoğida keng yoritilişini taşkil etiş.

Belgilab qöyilişiça:

Direksiya “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali
Boş direksiyasining barça huquq va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi;

Direksiya xodimlariga Özbekiston Respublikasi prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va taşkilotlarida iş haqi miqdorlarini oşiriş töğrisida” 1995 yil 16 avgustdagi PF-1213-son farmoniga muvofiq budjet muassasalari
va taşkilotlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş fondining 15 foizi miqdorida moddiy rağbatlantiriş maxsus fondi tatbiq etiladi;

Direksiyani saqlaşga doir xarajatlarni moliyalaştiriş, uning öz mablağlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi, saqlaş xarajatlari uçun uşbu manbalar mablağlarining yetişmagan qismi Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga ajratiladigan mablağlar hisobiga qoplanadi.