Özbekiston va Rossiya örtasidagi «Yaşil yölak» tartibidagi ötiş punktlari soni 7tadan 11taga yetkazildi.

«Milliy mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytiriş, tadbirkorlarga qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qilişi uçun qulay şart-şaroit yaratiş borasida ham salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.

Xususan, 2018 yilda Novosibirsk viloyatidagi «SVX Legion Sibir Plyus» ötkaziş punktida, Çelyabinskdagi «SVX Logistik-Çel», Orenburgdagi «SVX Servis-produkt», Sverdlovdagi «SVX «Oboronsnabsbyt», Moskva oblastidagi «SVX Avtologistika», «SVX Lion», «SVX Fud logistika» çegara postlarida «Yaşil yölak» tizimi joriy etildi.

Joriy yilda Rossiyaning Nijniy Novgorod oblastidagi «Tehnoprom», Astraxandagi «TsGP», Sankt-Peterburgdagi «Tamariks», Moskva oblastidagi «Severnaya zvezda A&P» nazorat punktlarida Özbekistondan meva-sabzavotlarni Rossiyaga eksport qilişda fitosanitariya tekşiruvini soddalaştiriş va tekşiruv vaqtini 1-2 soatga qisqartirişga qaratilgan 4ta «Yaşil yölak» tizimi taşkil etildi.

«Yaşil yölak» tizimidagi ötiş punktlari soni 7tadan 11taga yetdi. Tadbirkorlar Rossiyaga mazkur 11ta punktdan meva va sabzavot olib ötişi mumkin», deyiladi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabarida.

Ayni vaqtda Rosselxoznadzor bilan Rossiyaning Oltoy ölkasidagi Kulunda nazorat punktida «Yaşil yölak» tartibini joriy etiş böyiça muzokaralar davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, mart oyidan Özbekistondan Rossiyaga qöl yukida meva-sabzavotlar, quritilgan mevalar va yonğoqlar olib kirişga ruxsat berilgandi.