Afina milliy universiteti olimlarining ta'kidlaşiça, soğlom böliş uçun muntazam ravişda nonuşta qiliş va televizor körmaslik lozim. Bunday rejim qon tomirlari elastikligini saqlab qoladi va arteriyalarda çökindilar paydo bölişi xavfini kamaytiradi. Buning natijasida yurak-tomir kasalliklari rivojlanişi imkoniyati kamayadi.

40-99 yoşli köngillilar jalb qilingan holda ötkazilgan tadqiqotning körsatişiça, agar odam televizorni haftasiga 21 soatdan köproq körgan bölsa, uning arteriyalarida yoğ qatlamlari hosil bölişi imkoniyati 7 soat körgan odamnikidan 2 barobar köproq bölar ekan. Bu esa kam harakat turmuş tarzi xavfli ekanini yaqqol körsatadi.  

Tadqiqot, şuningdek yuqori energetik nonuşta (pişloq, non, tuxum, yorma) iste'mol qiliş nonuştadan umuman voz keçiş yoki yengil nonuşta qilişga nisbatan soğlom tomirlar bilan boğliq bölganinini körasatgan.