Turindagi yirik hisobdagi mag‘lubiyat (0:3) «Atletiko»ning Yevropadagi yurishini to‘xtatdi.
«Yuventus» (Italiya) - «Atletiko» (Ispaniya) - 3:0 (1:0)
Gollar: Krishtianu Ronaldu, 27 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 48 (2:0). Krishtianu Ronaldu, 86 - penalti (3:0).
«Yuventus»: Shchensni, Joau Kanselu, Kellini, Bonuchchi, Spinatssola (Dibala, 67), Pyanich, Matyuidi, Emre Jan, Krishtianu Ronaldu, Manjukich (Kin, 80), Bernardeski.
«Atletiko»: Oblak, Arias (Vitolo, 77), Godin, Ximenes, Xuanfran, Koke, Ernandes, Saul, Lemar (Korrea, 57), Grizmann, Morata.
Ogohlantirishlar: Bernardeski, 64. Xuanfran, 73. Ximenes, 86. Vitolo, 90+1.
Hakam: Kuypers (Niderlandiya).
12 mart. Turin. «Yuventus» stadioni.
Birinchi o‘yin: 0:2
Madriddagi o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishganida ham hech kim «Atletiko» keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi deb hisoblamayotgandi, hali «Yuventus»ga hukm o‘qilmagandi. O‘shanda o‘yin teng kechgan, faqat o‘yin oxirida madridliklarning omadi kelib, javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyat hosil qilishgandi. «Atletiko» o‘z muxlislari qarshisida bir bosh baland sakradi va Turinga safardan oldin katta ustunlikka ega bo‘ldi. Ammo Simeone hali Italiyadagi o‘yinda «Yuve» o‘z jamoasini chorak finalga qo‘yib yubormaslik uchun «o‘ligini tashlashi»ni aniq bilardi.
Kellinining bekor qilingan goli

«Atletlar»ni qiyin o‘yin kutayotgandi. Katta ehtimol bilan jamoa boshqaruvida oxirgi mavsumini o‘tkazayotgan Massimiliano Allegri o‘z shogirdlarini o‘yinga shunday tayyorladiki, hakamning o‘yin boshlangani haqidagi hushtagi yangrashi bilan bu futbolchilar «matraschilar» vakillariga «yopishib» oldi. Beshinchi daqiqadayoq Kellinining zarbasidan keyin to‘p Oblak qo‘riqlayotgan darvozaga borib tushdi.
Este fue el gol anulado a Chiellini por supuesta falta de Cristiano Ronaldo sobre Oblak. El contacto existió, según el arbitro fue lo suficientemente claro como para no tener que recurrir al VAR. Una jugada muy subjetiva. pic.twitter.com/l1yTXGR8sO
— Leonel David (@LeonelDavid_OK) 12 marta 2019 g.




















