Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB tezkor qo‘ng‘iroqlar uchun ikkita qo‘shimcha telefon raqami ajratdi
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari gohida “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmasligi, ba'zida “band” bo‘lsa, ba'zida operatorlar qo‘ng‘iroqqa javob berishmasligi haqida ma'lum qilishdi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, “102” tezkor raqamiga qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va ushlab turish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ishlar tugaguniga qadar, fuqarolar qulayligi uchun navbatchilik qismida ikkita qo‘shimcha telefon raqamlari ajratildi. Ularga qo‘ng‘iroq qilib, hodisa va jinoyatlar haqida xabar berish mumkin.
Raqamlar: 71-232-30-40 va 71-232-40-50. Bildirilishicha, har qanday murojaat bo‘yicha choralar tezda ko‘riladi.
Mavzuga oid
10:04
Toshkentdagi barcha qurilish obektlari uchun yangi talablar joriy etiladi
08:39
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
08:20
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
14:57 / 02.06.2026