Jahon | 09:33 / 13.03.2019
5011
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya va Fiji Boeing 737 Max’dan foydalanishni to‘xtatdi

Foto: Global Look Press/Frederik Ureel

Yangi Zelandiya va Fiji Efiopiyadagi aviahalokatdan keyin Boeing 737 Max samolyotlaridan foydalanishni to‘xtatdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Yangi Zelandiya fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi boshqa aviatsiya idoralari bilan maslahatlashuvlardan keyin shunday qaror qabul qilgan.

Qayd etilishicha, Bermud orollari fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ham xuddi shunday qarorga keldi.

Bundan oldin, AQSh Boeing 737 MAX 8 parvozlarini taqiqlamaslikka qaror qilgandi.

Mavzuga oid