AQŞda aktivlari qiymati 1 mln dollardan oşadigan 11,8 mln kişi yaşaydi. E'tiborlisi, ularning soni Portugaliya va Şvetsiya kabi davlatlar aholisi sonidan köproqni taşkil qiladi. Bundan Çikagodagi Spectrem Group konsalting kompaniyasi tadqiqoti natijalari darak bermoqda.
Tahlilga köra, AQŞda aktivlari 5-25 mln dollarga baholanganlar soni 3,5 foizga oşib, 1,397 mln kişiga yetgan. Boyligi 25 mln dollardan oşadiganlar soni esa 173 ming kişini taşkil qiladi.
“2018 yilda AQŞning badavlat aholisi soni ösişi global iqtisodiyot ösişi sur'atlari pasaygani va mamlakatdagi mojaroli siyosiy vaziyat sababli sekinlaşgan”, deb ta'kidlab ötgan Spectrem Group prezidenti Jorj Uolper.
Uning aytişiça, sekinlaşişga qaramay, AQŞda jahon moliya inqirozi yuz bergan 2008 yildagidan millionerlar soni 2 barobarga köpaygan.
















