Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini litsenziyalaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Auditorlik faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblandi.
Nizomga köra, auditorlik faoliyati faqat auditorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya mavjud bölgan taqdirda amalga oşiriladi, “Auditorlik faoliyati tögrisida” gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar körsatiş bundan mustasno.
Nizomda körsatilişiça, auditorlik faoliyatini litsenziyalaş Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.
Lisenziyalovçi organning litsenziyani beriş, berişni rad etiş, litsenziyaning amal qilişini töxtatiş, ön iş kunidan ortiq bölmagan muddatga töxtatib turiş yoki tiklaş, şuningdek, uni bekor qiliş tuğrisidagi qarori Özbekiston Respublikasi moliya vazirining buyruği bilan rasmiylaştiriladi.
Lisenziyalovçi organning litsenziyani beriş, berişni rad etiş, litsenziyaning amal qilişini töxtatiş, ön iş kunidan ortiq bölmagan muddatga töxtatib turiş yoki tiklaş, şuningdek, uni bekor qiliş töğrisidagi qarori auditorlik taşkilotiga yozma yoki axborot tizimi orqali elektron şaklda, qaror qabul qilingan kundan boşlab uç kun mobaynida yetkaziladi.
Belgilanişiça, davlat röyxatidan ötgan sanadan boşlab uç oy mobaynida litsenziyalovçi organga litsenziya oliş uçun ariza taqdim etmagan tijorat taşkiloti öz nomida “auditorlik taşkiloti” sözlaridan foydalanişga haqli emas.
Lisenziya uning amal qilişi çeklanmagan muddatga beriladi.
Lisenziyani beriş quyidagi sabablarga köra rad etilişi mumkin:
auditorlik taşkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylaştirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
hujjatlarda işonçsiz yoki buzib körsatilgan ma'lumotlar mavjud bölganda;
auditorlik taşkiloti litsenziya talablari va şartlariga muvofiq bölmaganda.
Boşqa sabablarga köra, şu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berişni rad etişga yöl qöyilmaydi.

















