Ugom-Çotqol toğ tizmasida joylaşgan Çimyon toğining “Kattaköksoy” jarligidagi muz qoyaga çiqiş böyiça erkaklar örtasida Özbekiston oçiq çempionati ötkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uzʼga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlikning Toğ tayyorgarligi öquv-maşq markazida ötkazilgan mazkur çempionat Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan taşkil etilgan bölib, unda alpinizm bilan şuğullanib yurgan professional sportçilarning qatnaşişi ta'minlandi.
Çempionat iştirokçilaridan qiyaligi 85–90 daraja, balandligi 15 metr bölgan muzli qoyaga tezkorlik bilan barça xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda çiqiş talab etildi.



Yakuniy natijalarga köra, Mudofaa vazirligi Toğ tayyorgarligi öquv-maşq markazining harbiy alpinistlari dastlabki uçta poğonaning barçasini band etgan bölsa, “Alp Vostok” jamoasi, şuningdek, Özbekiston alpinizm va qoyaga çiqiş federatsiyasi vakillari öz körsatkiçlari bilan iştirokçilar orasida ajralib turdi.
Ğolib va sovrindorlarga faxriy yorliq, medal va esdalik sovğalari topşirildi.
















