Qozoğiston özbekistonlik tadbirkorlarga mamlakat qişloq xöjaligi loyihalarida iştirok etiş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda taşqi işlar vaziri örinbosari Yermek Koşerbayev biznes-forum yakunlari böyiça xabar berdi, deb yozmoqda «Kazinform». 

Foto: Kazinform

«Biz özbekistonlik tadbirkorlarni qişloq xöjaligi loyihalarimizda keng iştirok etişga taklif qildik, sababi Qozoğiston - Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozoriga kiriş uçun katta maydon. Ayni paytda biz uşbu masala yuzasidan Özbekiston tomonidan javob oldik, uni muhokama qilamiz. Şu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasi ham har ikki mamlakat işbilarmonlari orasida qiziqiş uyğotmoqda», - dedi Qozoğiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatga Özbekiston bilan birgalikda yangi xalqaro savdo zonasi va «Turkiston» ötkaziş punkti yaratiş masalasini işlab çiqiş haqida topşiriq berdi.