Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Braziliya bo‘yicha rejalari ma'lum bo‘ldi
Foto: Brendan McDermid/Reuters
Amerika rasmiylari Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning Vashingtonga tashrifi chog‘ida Braziliyaga «NATOdan tashqaridagi eng asosiy ittifoqchi»ga (MNNA) aylanishni taklif etish niyatida. Bu haqda Reuters Braziliya hukumatidagi ikki manbaga asosan xabar bermoqda.
Agentlikdan eslatishlaricha, bunday maqom AQShga ittifoqchi bo‘lgan davlatga qurol-yarog‘ va harbiy texnika sotib olish uchun imtiyozlar taqdim etish imkonini beradi. Xususan, «AQShning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchilari» yangi qurolning tezlashtirilgan eksporti, askarlarni tayyorlashda imtiyozlar, shuningdek, ortiqcha «harbiy materiallar»dan bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Bolsonaru kelasi hafta AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.
Bundan oldin, NATO Rossiya raketalari alyans chegarasi yaqinida joylashtirilishiga javob qaytarishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:07 / 29.05.2026
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
18:59 / 29.05.2026
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
13:56 / 29.05.2026
AQShda 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin. Unga Tramp tasviri tushiriladi
09:13 / 29.05.2026