Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yoşlarni ilm-fan sohasiga jalb etiş va ilmiy-ijodiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.
Qayd etilişiça, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga iqtidorli yoşlarni jalb etiş natijalari tahlili mazkur sohada qator tizimli muammolar va kamçiliklar mavjudligini körsatgan. Jumladan:
birinçidan, mamlakatimizda ilm-fan va ta'lim sohalarini rivojlantiriş doirasida çuqur ilmiy tadqiqotlar ötkaziş uçun yoş malakali mutaxassislarni tanlab olişda yoş olimlar va iqtidorli yoşlarning umumiy ma'lumotlar bazasi yaratilmagani jiddiy qiyinçiliklar tuğdirmoqda;
ikkinçidan, yoşlar orasidan davlat mukofotlari laureatlari, respublika va xalqaro olimpiadalar ğoliblari bilan tizimli işlar olib borilmay, ularga faqat qimmatbaho mukofotlar hamda ta'lim jarayonida belgilangan ayrim imtiyozlar beriş bilan çeklanib qolinmoqda;
uçinçidan, iqtidorli yoşlar va yoş olimlarni taniqli olimlar rahbarligida ilmiy-tadqiqot faoliyatida birlaştiruvçi va ilmiy maktablarni rivojlantirişga xizmat qiluvçi yagona tizim mavjud emas. Vazirlik va idoralar huzurida taşkil etilgan Yoş olimlar kengaşlari faoliyatini moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari işlab çiqilmagan;
törtinçidan, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini doimiy a'zolarini kadrlar zaxirasi bilan töldiriş masalasi keskinligiça qolmoqda, akademiklarni örtaça yoşi hozirda 77 yoşni taşkil etadi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Özbekiston Yoşlar ittifoqining:
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzurida Yoşlar akademiyasini taşkil etiş;
Yoşlar akademiyasining raisligini Özbekiston Respublikasi innovatsion rivojlaniş vazirining ilmiy darajaga ega örinbosarlaridan biriga yuklatiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.
Yoşlar akademiyasining vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
vazirlik va idoralar, jamoat taşkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda yoşlarni ijodiy va intellektual barkamol etib tarbiyalaşga qaratilgan amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş;

















