"Humo Arena" muz saroyining qurilişi jahon sporti va, xususan, xokkey hamda figurali uçiş rivojiga hissa qöşadi. Şunday bölsa-da, bu faqat boşlanişi, bundan keyin Özbekistonda muz maydonlarini köpaytiriş kerak. Kun.uz muxbiri xokkey böyiça ikki karra Olimpiya çempioni (1972, 1976), yetti karra jahon va Yevropa çempioni Aleksandr Yakuşevning sözlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

"Xokkey sport turining katta yoşli vakili sifatida özbekistonliklarni bunday ajoyib muz saroyining oçilişi bilan tabriklayman. Zero "Humo Arena"ning oçilişi nafaqat özbek sporti, jumladan, xokkey va figurali uçiş sport turlarining rivojlanişiga, balki butun jahon sporti, xokkeyi uçun foyda keltiradi, çunki bunday darajadagi har bir arena sport rivoji uçun kuçli turtki beradi", - dedi u.

Aleksandr Yakuşevning sözlariga köra, uşbu arenaning qurilişi Özbekistonda xokkeyni rivojlantiriş uçun juda yaxşi zamin yaratadi, asosiysi - kelgusida bunday va bundan kiçikroq muz inşootlarini köpaytiriş.

"Humo Arena sport kompleksi juda zör, albatta, lekin bundan keyin aynan maşğulotlar ötkaziladigan kiçikroq muz maydonlarini köpaytiriş kerak böladi. Misol uçun, Moskvada qança muz maydoni qurmaylik, baribir ularning kamligi seziladi. Şunday ekan, birgina muz saroyi bilan qutulmaysiz, hali maşğulotlar ötkaziluvçi köp muz maydonlarini taşkil qilişingiz kerak böladi", - deydi Yakuşev.

Şu örinda xokkey afsonasi Özbekistonda xokkeyni rivojlantiriş uçun tajriba borligini qayd etib, "Binokor" jamoasini tilga oldi.

"Xokkeyga kelsak, yuqorida aytganimdek uning rivoji uçun zamin yaratildi, tajriba bor - sovet davrida Özbekistonda "Binokor" jamoasi bölgan, sovet xokkeyining birinçi ligasida öynagan. Humo Arena'ning qurilişi Özbekistonda xokkeyni rivojlantiriş, uning bazasida xokkey jamoalarini şakllantiriş, kelgusida bu jamoalarning KXL ili AXLda öynaşi uçun zamin yasaydi", - ta'kidladi u.

Ta'kidlaş joizki, Aleksandr Yakuşev 15 mart kuni bölib ötgan "Humo Arena" oçiliş marosimida iştirok etib, xokkey afsonasi Pavel Bure, Vitaliy Proxorov, Alişer Azimov va Bahodir Ğofurovlar bilan birga Özbekistonning yoşlar jamoasiga qarşi ramziy öyinda iştirok etdi. Öyinda 2:2 hisobi qayd etildi.