Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi
Moskvadagi Sheremetevo aeroportida ikkita samolyot o‘zaro xavfli masofaga yaqinlashdi. Bu haqda «Interfaks» voqeadan xabardor manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bu juma, 15 mart kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Britaniya aviakompaniyasining Boeing yuk samolyoti ikkinchi aylanaga ketishda parvozga ko‘tarilayotgan yo‘lovchi bortiga xavfli masofada yaqinlashgan. Agentlik suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, yuk samolyoti birinchi urinishda qo‘na olmagan va ikkinchi aylanaga ketgan. Shu bilan birga, «u, katta ehtimol bilan, Moskva-Pekin yo‘lovchi layneri yaqin masofada parvozga ko‘tarilayotganini hisobga olmagan».
Xavfli masofada yaqinlashuv haqidagi ogohlantirish tizimi ishlab ketgan va samolyotlar bir-biridan xavfsiz tarzda uzoqlashgan. Hech kim zarar ko‘rmadi.
Shu kabi hodisa 2018 yil qishida ham Sheremetevoda sodir bo‘lgandi. O‘shanda Tallindan Moskvaga reysni amalga oshirayotgan «Superjyet» samolyoti qo‘nish paytida Murmanskdan uchib kelgan «Boing» avialayneriga xavfli masofada yaqinlashgan. Signalizatsiya ishlab ketgan vaqtda avialaynerlar orasidagi masofa qariyb 600 metrga teng edi.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:51 / 19.06.2026