«Navbahor» boş murabbiyi Andrey Kançelskis Superliganing 1-turidagi «Qöqon-1912»ga qarşi öyindan keyin ÖFA haqida bildirgan fikrlariga izoh berdi, deb xabar bermoqda PFL matbuot xizmati.
Eslatib ötamiz, 10 martdagi öyin Namangandagi stadion tayyor holatda bölmagani tufayli Toşkentda bölib ötgan va unda 1:1 hisobi qayd etilgandi. «Navbahor» boş murabbiyi öyindan keyingi matbuot anjumanida quyidagiça söz yuritgandi.
«Bugun stadionimiz tayyor bölmagani sababli Toşkentda öynaşga majbur böldik. Biz rasman mezbon edik, lekin tezroq Namanganda öynaşni boşlasak, yaxşi bölardi.
Biz mavsum boşlanişini intizorlik bilan kutdik. Özingiz kördingiz, har xil özgarişlar qilişdi. Töğrisi, ular nima qilmoqçi bölişayotganini umuman tuşunmayapman. Endi 2-turni yana 20 kundan keyin öynaymiz. Yuqorida aytganimdek, futbol federatsiyasidagilar nima qilmoqçi ekanliklarini tuşunmayapman. Bunday ğalati holatga birinçi marta töqnaş kelyapman va bu menga eriş tuyulmoqda. Lekin nima ham derdim, Özbekistonda yaşayapmizmi, demak sizning qonunlaringiz bilan yaşaymiz», – degandi Andrey Kançelskis.
Andrey Kançelskis: «Futbol federatsiyasidagilar nima qilmoqçi bölayotganini umuman tuşunmayapman»PFL xabarida aytilişiça, taşkilot rossiyalik mutaxassisning bu fikrlarini «bosiqlik bilan qabul qildi hamda işni ÖFA qömitalariga oşirişga şoşilmadi». Aksinça, liga vakillari Kançelskis bilan bir neça kundan söng boğlanib, mazkur masala yuzasidan izoh söragan.
«Bilasizmi, 1-tur öyinini mezbon böla turib, öz maydonimizda ötkazmaganimiz kayfiyatimizni biroz buzdi. Qolaversa, çempionatni ğalaba bilan boşlamoqçi edik. Lekin yakunda durang öynadik. Buning ortidan matbuot anjumani vaqtida kayfiyatim joyida emasdi. Hayajon sabab fikrlarimni biroz qöpol tarzda bayon etib yubordim. Aslida esa aynan kimnidir yoki ÖFAni tanqid qiliş niyatida emas edim. Qizişib aytgan sözlarim uçun futbol jamoatçiligidan uzr sörayman», — degan Kançelskis.
Ta'kidlanişiça, PFL öz maydonida ulkan özgarişlar qilayotgan «Navbahor»ning mehnatlarini qadrlaydi. «Şuning uçun ham mazkur jamoaga öz uy uçraşuvlarini vaqtinçalik istalgan stadionda ötkaziş imkoniyati taqdim etildi», – deyiladi xabarda.PFLning tuşuntirişiça, «Navbahor» stadionining yangi körinişi qaçon tayyor bölişi ham, mazkur jamoa aynan qaysi stadionda öynaşni ixtiyor etişi ham ÖzPFL yoki ÖFAning qölida emas.


















