Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya yangi zelandiyalik terrorchini yana bir teraktda ayblashi mumkin
Foto: REUTERS
Yangi Zelandiya politsiyasi fikricha, ikki masjidda ommaviy otishma uchun mas'uliyat faqat bir shaxsning zimmasida - u sud qarori bilan qamoqda saqlanayotgan Brenton Tarrant. Bu haqda TASS politsiya komissari Mayk Bushga tayangan holda xabar bermoqda.
Komissarning so‘zlariga ko‘ra, politsiya Tarrantni ikki masjidda sodir bo‘lgan voqealar uchun mas'ul deb hisoblaydi.
«Shu narsa aniqki, keyingi sud majlisi o‘tkaziladigan sanada unga yangi ayblovlar qo‘yiladi. Biroq, ular aynan qanday bo‘lishini tergov tomoni aniqlaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Bush.
Avvalroq, sud yangi zelandiyalik terrorchini hibsda qoldirgani xabar berilgandi.
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya general-gubernatoriga hamdardlik maktubi yo‘llagandi.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
09:47 / 12.03.2026