Farğonada fermerning qoramollari harom ölmoqda

“Göşt yana qimmatlabdimi?”, “Nega, sut mahsulotlarining narxi kundan-kunga oşib bormoqda?”, degan savollarni köp eşitamiz. Bu esa öz-özidan paydo bölgan savollar emas. Ma'lumki, mazkur mahsulotlarni yetiştiriş qişloq xöjaligining alohida sohasi gardanida. Savollarga javobni tahliliy tarzda beriş mumkin. “Çunki, çorvaçilik deya atalmiş sohani uzoq yillar davomida e'tiborsiz qoldirdik, hisob. Şuning uçun göşt va sut mahsulotlari narxi kundan-kun qimmatlaşib bordi”.

Video: Mover (Tas-IX)

Video: Youtube.com

Çorvaçilik - juda katta ilm. Uning uzluksiz rivojlanişi uçun bir qator omillar işga tuşişi lozim. Birinçi navbatda sohaga e'tibor. Yem-ozuqa bazasi. Naslçilik. Kadrlar yetiştiriş...

Şukrki, sönggi yillarda çorvaçilikni izçillik bilan rivojlantiriş borasida bir qator hujjatlar imzolanib, soha vakillariga e'tibor kuçaydi.

Bugungi tahliliy material tuyoq yetiştirişdagi muammolar haqida.

Qoramol boqiş haqidagi maqolaga jimjimador sözlar umuman yaraşmaydi. Bu sözlar ma'nosini esa xonadonida heç bölmasa bir dona qöy boqib körgan odamdan sörang...

Markaziy Farğona çölidagi zör çorvadorning yutuq va muammolari

Markaziy Farğona çölida fermerlik qiliş oson emas. Daşt şaroitida tinimsiz tabiat qiyinçiligi bilan kuraşib, unumdor bölmagan yerda ikki hissa mehnat qilişga töğri keladi. Bu hududlarda çorvadorlik bilan şuğullaniş esa undan-da sermaşaqqat.

Maqolamiz qahramoni Abdumannob Qosimov, Farğona viloyati Qöştepa tumanidagi “Olimboy hoji” fermer xöjaligini 2001 yildan beri boşqarib keladi.