Avstraliyalik senator Freyzer Enning öziga tuxum uloqtirgan ösmirni kaltakladi, deb yozadi news.com.au.
Voqea siyosatçining Melburnda jurnalistlar oldida çiqişi paytida yuz bergan. Ösmir Enningning ortidan kelib uning boşiga pişmagan tuxum uloqtirgan.
Someone has just slapped an egg on the back of Australian Senator Fraser Anninğs head, who immediately turned around and punched him in the face. @politicsabc @abcnews pic.twitter.com/HkDZe2rn0X
— Henry Belot (@Henry_Belot) March 16, 2019
Senator unga javoban ösmirga taşlanib bir neça bor zarba bergan, siyosatçining tarafdorlari esa ösmirni yerga qulatişgan.
Ösmir politsiya tomonidan qölga olingan va keyinroq qöyib yuborilgan.

Qayd etilişiça, Avstraliya parlamentida Kvinslend ştati nomidan çiquvçi Enning qöşni Yangi Zelandiyada sodir etilgan terakt haqida keskin fikr bildirgan.
Senator uşbu hodisaning asl sababi mamlakatdagi qurol savdosi böyiça qonunlar emas, mutaassib musulmonlarning ommaviy migratsiyasi ekanligini aytgan. Keyinroq Avstraliya boş vaziri Skott Morrison uning sözlarini «jirkanç», uning nuqtai nazarini esa mamlakat parlamenti uçun nomunosib deb atagan.













