Angliya Premer-Ligasida 31-tur öyinlari davom etmoqda. 

Çempionlik uçun kuraşayotgan «Liverpul» 19-örinda borayotgan «Fulhem» mehmoni bölib katta qiyinçilik bilan 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Birinçi bölimda Sadio Mane hisobni oçgandi, 74-daqiqada mersisaydliklarning sobiq futbolçisi Rayan Babel Alisson hamda van Deykning xatosidan foydalanib, hisobni tenglaştirdi.

81-daqiqada esa Jyeyms Milner penaltidan aniq foydalanib, jamoasiga ğalaba keltirdi.

Bu ğalabadan söng «Liverpul» oçkolari hisobini 76taga yetkazib oldi va vaqtinça çempionat yetakçisiga aylandi. Çunki «Mançester Siti» (74 oçko) kubok bahsida qatnaşgani tufayli 31-tur öyinini keyinroq ötkazadi.

Angliya çempionati
31-tur
Fulhem – Liverpul 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 26 Mane, 1:1 – 74 Babel, 1:2 – 81, penalti Milner.
Fulhem – Riko, Çembers, Rim, Brayyen, Fosu-Mensa (Kristi, 73), Kerni (Kebano, 82), Seri (Sessenon, 65), Ayite, Zambo-Angissa, Babel, Mitroviç.
Liverpul – Alisson, Matip, Roberson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Fabino, Lallana (Milner, 72), Veynaldum, Mane, Firmino (Origi, 72), Saloh (Starrij, 90).
Ogohlantirişlar: Fabino (39), Zambo-Angissa (65), Brayyen (90).