Bolaligimda yurmay qolganim bois, aravaçada harakatlanaman. Biroz köngil yoziş uçun gohida 5-sinfda öqiydigan jiyanim bilan köça aylanamiz. Aylaniş asnosida jiyanimga atrofdagi olam haqida gapirib beraman. Bu safar unga monopoliyalar haqida sözlab berdim...
5 daqiqalik hikoya
Hayron qoldirgani — monopoliyalar haqida jiyanimga gapirib bergan 5 daqiqalik hikoyam monopoliyaning deyarli barça jihatlarini qamrab oldi. Yanada hayratlantirgani — 11 yoşli jiyanim 5 daqiqada monopoliyalarning mohiyatini juda yaxşi anglab oldi. Boşqaça qilib aytganda, endi jiyanim har qanday katta odamga monopoliyaning oqibatlarini masalani tuşungan holda, işonç bilan barmoq bukib sanab bera oladi.
Jiyanim bilan suhbatimiz davomida sun'iy monopoliyalar jamiyat uçun, iqtisodiyot uçun turgan-bitgani zarar ekaniga amin böldik.
Birinçidan, sun'iy monopolist, ya'ni, raqobatdan himoyalangan sub'yekt öz mahsuloti sifatini yaxşilaşga urinmasligi — özi ustidan işlamasligi kundek ravşan böldi. “Raqobatçisi bölmasa mahsulotini yaxşilamaydi-da!” — oddiy xulosaga keldi 5-sinf öquvçisi.
Ikkinçidan, monopolist öz mahsuloti narxini imkon qadar oşirişga urinadi — bu yana bir xulosamiz böldi. Tabiiyki, “kim ham köproq foyda körişni xohlamaydi?!” – xitob qildi jiyanim. Mahsulot tannarxini tuşirişga va texnologik yangilanişga esa urinmaydi.
Monopol taşkilot narxni köproq mehnat qilgani, köproq xarajat qilgani yoki mahsulotiga köproq işlov bergani uçunmas, balki MONOPOLIST bölgani uçungina oşirişga moyil bölişini yoş bola darrov tuşundi — kam mehnat qilib köp foyda qiliş istagi bu — tabiiy istak, biologik pragmatik istak. Monopolistni bu uçun malomat qiliş kerak emas.
Uçinçidan, raqobatsiz muhitda işlaydigan korxona xaridorning könglini olişga moyil bölmaydi — “özi şundoq ham xaridor mening mahsulotimni olişga majbur bölsa, nima qilaman ter tökib unga mulozamat körsatib!?” — mulohaza qiladi monopolist.
Mavzuga oid
Yöq, monopolist emas, balki uning içki mantiqiy “qurilmasi” şunday xulosa qiladi. Zero, har bir insonda quvvatni iqtisod qiliş tabiiy dasturi işlab turibdi: “quvvatingni imkoni boriça teja, kim bilsin, ertaga kerak bölib qolar”, — deydi öşa içki dastur, inson bu tabiiy dasturga qarşi turişi qiyin.
Jiyanim bilan xulosa qildik — yuqoridagi holatlar barçasi jamiyatga zarar:
mahsulot sifati ustida işlamaslik (rivojlanmaslik);
narxning sababsiz kötarilişi;
servisni yaxşilaşga urinmaslik —
bular monopoliyaning şundoq körinib turgan, har kim oson tuşunib olsa böladigan salbiy jihatlari. Sal “kovlasak” boşqa – çuqurroq salbiy jihatlari ham çiqib keladi va ularni ham 11 yoşli bolaga oddiy sözlarni işlatib osongina tuşuntira oldim.
Xöş, ular nimadan iborat?
Monopolistning öz maqomidan foydalanib topgan ortiqça mablaği mömay daromad böladi. Mömay (işlab topilmagan) daromad esa öz mohiyatiga köra töğri — samarali sarflanmaydi. Nega? Çunki pul mehnat natijasi — mehnat ekvivalenti bölsagina uning qadri böladi.
Qadr nima u?
“Qadr” sözini iqtisodiyot tiliga “tarjima” qiladigan bölsak, ma'nosi quyidagiça böladi:
Puxta rejalaştiriş va qattiq mehnat evaziga erişiladigan daromad hali qölga tuşmasidan avval qayerga sarflanişi rejaga kiritilgan böladi. Ya'ni bunday pul tizimli rejalar zanjirining bir qismi. Şu bois uning har bir sömi qadrlidir. U nojöya sarf etilsa rejalar barbod böladi.
Reja va qattiq mehnat orqasidan kelgan pul noratsional (havoga) sarflanişi ehtimoli öta past. Bunday pulni “odamning jigaridan bölgan” deyişadi.
Mehnatsiz qölga kiritilgan pul esa heç narsaning ekvivalenti emas. Uni “odamning jigariga” öxşatib bölmaydi. Reja va mehnatga evaz bölmagan bunday pulning keyingi taqdiri özining kelib çiqişiga mos böladi — heç bir rejalar zanjirining uzviy qismi bölmagan, “havodan kelgan” pul yuqori ehtimol bilan “havoga” sarflanadi. Mamlakat va korxona iqtisodiyotining ösişiga bunday pul xizmat qilişi amri mahol.
Davlat çiqargan qoğoz pullar — banknotalar mamlakat boyliklari (tilla zaxiralari) bilan ta'minlanadi. Buni hamma şart deb biladi. Qoğoz pullar mamlakat boyliklariga muvofiq kelişi kerak.
Xuddi şu tarzda odamlar va korxonalar topadigan pul ham mehnat bilan “ta'minlanişi” (mehnat “ekvivalenti” bölişi) şu darajada muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bu muhim jihat pulning keyinçalik qanday (samarali yoki samarasiz) sarflanişiga bevosita ta'sir etadi.
Bundan qoida kelib çiqadi: pul imkon qadar aqliy va jismoniy urinişlarning doimiy obekti bölib turişi kerak. Zero, iqtisodiyot içida aylanadigan pulning aynan şu qismi iqtisodiyotning ösişiga xizmat qiladi. Çunki bunday daromad, takror aytamiz, hali qölga kirmasidan avval samara keltirayotgan tizimli rejalarning bir bölagi böladi.
Baraka
Mömay pul — öz mohiyatiga köra “quvvatsiz” puldir. Xususan, monopolist topgan mömay pul. Zero, u raqobat muhitida “tuğilmagan”, korxonaning rivojlaniş strategiyasining uzviy qismi bölmagan, aqliy va jismoniy urinişlar bilan “suğorilmagan” puldir. Boşqaça qilib aytganda bu pul — barakasiz.
Mömay daromad korxona egalari va xodimlarining içki zaxiralarini söndiradi. Inçunun, korxonani bebarakalikka mubtalo qilib, “öldirmoqçi” bölsangiz, unga monopol imtiyozlar bering.
Raqobat esa, aksinça, insonning barça içki zaxiralarini qözğatuvçi, iste'dodlarini uyğotib, kulminatsion nuqtasiga keltiruvçi omildir. Bularni ham jiyançam yaxşi tuşundi.
Taqsimot
Demak, masalan, avtomobillarni işlab çiqaruvçi korxona monopolist (raqobatdan himoya etilgan) bölsa u, tabiiyki:
a) maşinalari sifatini yaxşilaş uçun boş qotirmaydi (“şundoq ham sotib olişyapti”),
b) narxni kötarişga intiladi (“qimmatroq sotsam ham olişadi”),
v) iste'molçi uçun kuraşmaydi (“kim bilan kuraşsin?”)
g) maşina narxini tuşiriş böyiça harakat va izlanişlar qilmaydi (“kimga kerak ortiqça dahmaza?”).
Narxni oşiriş evaziga monopolist qöşimça (mömay) daromadga ega böladi. Bu kabi daromad “korxonani rivojlantiradi”, degan xulosani qiliş mumkin. Ammo yuqorida qilgan tahlilimiz körsatyaptiki, unday emas — butun boşli rivojlaniş konsepsiyasi mahsuli bölmagan mömay daromad rivojga xizmat qilmasligi ayon bölib turibdi.
Aksinça, maşina xaridi uçun monopolistga ortiqça tölangan pul egasida qolganda edi, iqtisodiyot uçun foydaliroq bölardi, zero, bu pulga odamlar boşqa narsalarni sotib olişardi, ya'ni pullarini mömay daromad topayotgan (tekinxör)ga emas, balki boşqa bir — raqobat şaroitida faoliyat yuritayotgan, raqobat şaroitida rivojlaniş konsepsiyasiga ega bölgan korxonalarni qöllab-quvvatlaşga berişardi.
Ma'naviy buziliş
Monopoliyalarning iqtisodiy salbiy oqibatlaridan-da kattaroq — salbiy ma'naviy oqibatlari ham bor. Mömay daromad öz mohiyatiga köra birovdan noörin olingan, birovni norozi qilib olingan pul böladi. Monopolist narxni sababsiz oşirganda, sifatsiz molini (odamlar uning molini olişga majbur ekanligini bilib) sotayotganda, xaridorni mensimaslikka borganda uning ma'naviy dunyosi zarar körmay qolmaydi. Bunday işlar, bunday “model” monopolist korxona boşliqlari uçun odat tusiga kiradi va bu ularni xudbin va badnafs qilib qöyadi.
Boşqaça qilib aytadigan bölsak, monopoliyalarning paydo bölişi uçun muhitni yaratiş jamiyatning ma'naviy ustunlariga zarar keltiradi. Bunday noörin holat jamiyatdan pinhon böla olmaydi — odamlarning köz öngida böladi va ommaning ezgulikka bölgan işonçiga, özaro işonç muhiti vujudga kelişiga tösiq böladi.
Xotima örnida – “Ronalduni kim Ronaldu qildi?”
Messi kabi futbolçi bölmaganda Kriştianu Ronaldu kabi iste'dod sohibi futbolçilar içida “monopolist” bölib qolardi va uning içki zaxirasi – potensiali tölaligiça yuzaga çiqmasdi, biz hozir boşqa saviyadagi Ronalduning öyinini kuzatayotgan bölardik. “Oltin töp” uçun kuraş bu ikki futbol daholarini öz ustidan köp işlaşga undab kelyapti.
Korxonalar ham şunday — raqobat muhitida har qanday korxona egasi va xodimlarining içki iste'dodlari – salohiyati yuzaga çiqadi. Korxona alohida imtiyozlar bilan himoyalansa — teskarisi böladi. Mazkur – yoş bola ham tuşuna oladigan haqiqatlarni, nihoyat, tan olmoğimiz lozim.