Amerikalik misrshunos Edvard Blyayberg muzeylarga tashrif buyuruvchilarga uzoq yillar davomida tinchlik bermayotgan masala – Misrdagi aksariyat qadimiy haykallarning burni nega singan holatdaligini tadqiq qilishga qaror qildi.
Blyayberg dastavval muammo bu haykallarning qadimiyligida deb hisoblagan, biroq muammoni batafsil o‘rganib, devordagi bareleflar ham burunsiz ekanligini payqagan. Haykallar bilan vaziyatda ularning burun qismi tashish vaqtida singan bo‘lishi mumkin bo‘lsa, bareleflarda esa ularga ataylab shikast yetkazilgan.

Olimning fikricha, hamma gap irimlarga ishonishda bo‘lib, haykallarning burun qismini sag‘analarni talovchilar yovuz ruhlar o‘chidan qochish maqsadida sindirganlar. Odamlar haykallar ichida ular atalgan kishilar ruhi bor, deb ishonishgan.

O‘g‘rilar haykallarning burnini sindirib, go‘yoki “Misr hukmdorlarini” havodan mahrum qilishgan va shundan keyin ular ziyon yetkaza olmagan.















