2019 yil 18 mart kuni Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida yaşovçi T.D. özining “Neksiya” rusumli avtomaşinasini Beglamişsoy qişloği hududida haydab ketayotgan vaqtida avtomaşina yukxonasiga örnatilgan 100 litr siğimli gaz balloni portlab ketgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada avtomaşina haydovçisi va uning yölovçisi 37 yoşli Ğ.B. jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida yölovçi vafot etgan. Holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Hurmatli haydovçilar, agar boşqaruvingizdagi avtomaşinaga gaz balonlari örnatilgan bölsa, ularning texnik soz holda ekanligiga muntazam e'tibor qarating. Çunki, bu siz va yaqinlaringiz bilan yuz berişi mumkin bölgan baxsiz hodisalar oldi olinişining kafolatidir”, - deyiladi IIV xabarda.

















