Innovatsion rivojlaniş vazirligi aholida saqlanayotgan noyob qölyozma, toşbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni Innovatsion rivojlaniş va novatorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan xarid qilib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti fondiga taqdim etmoqda.

– «Jamğarma tomonidan 2018 yilda 117 turdagi 158,1 mln. sömlik noyob hujjatlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti Fondiga ötkazildi», — dedi Innovatsion rivojlaniş va novatorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi Ijro etuvçi direktori Bunyod Oxunov. –2019 yilda esa 161 turdagi jami 417,6 mln. sömlik noyob qölyozma va tarixiy manbalar xarid qilindi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti Fondiga taqdim etildi.

Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati
Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati

Xarid qilingan manbalarning turi, fan sohasiga köra tarix, adabiyot, tabobat, islom qonunşunosligi, aqida, tafsir va boşqa turli mavzularga tegişli bölgan kitoblar, şuningdek xonlarning buyruqlari, qozilarning yuridik hujjatlarining original nusxalari ham mavjud.

Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati
Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati

Ma'lumki, har qanday qadimiy qölyozma va uning qadimgi davrda köçirilgan nusxalarining har biri noyob xususiyatga ega hisoblanadi. Tadqiqotçilar, magistr talabalarning dissertatsiyalari mavzusi sifatida ilmiy muomalaga kiritiladi. Lekin original tarixiy hujjatlar moddiy qiymatidan taşqari huquq, tarix va islomşunoslik sohalari sohalarida muhim tadqiqot manbasi hisoblanadi. Prezident qarori ijrosi jarayonida 120 dan ortiq original tarixiy hujjatlar Institutga qabul qilindi va “Tarixiy hujjatlar” kolleksiyasini boyişiga xizmat qildi.