Koreya Respublikasining Birlaşuv işlari böyiça vazirligi xabariga köra, KXDR koreyalararo aloqa ofisidan çiqib ketdi. Bu haqda Reuters ma'lum qilmoqda.
Qayd etilişiça, bu Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje Inning davlatlar örtasidagi ziddiyatga yakun yasaş böyiça omadsiz urinişi, şuningdek, AQŞ va KXDR yetakçilari Donald Tramp hamda Kim Çen Inning muvaffaqiyatsiz sammiti fonida yuz berdi.
Janubiy Koreya vazirligining ma'lumotlariga köra, Şimoliy Koreya uşbu qaror haqida 22 mart, juma kuni ertalab janubiy qöşnilar bilan uçraşuv paytida e'lon qilgan. KXDR vakillari bu qadamga «yuqoridan körsatma», deya izoh berişgan.
Koreyalararo aloqa ofisi 2018 yil 14 sentyabrda oçilgan. Mamlakatlar örtasida diplomatik aloqalar mavjud bölmaganda, u elçixona funksiyalarini bajargan.
Bundan oldin, sobiq razvedkaçi KXDR yetakçisining rejalari haqida ma'lum qilgandi.

















