Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi. Prezident matbuot xizmati tabrik matnini keltirgan.
«Muhtaram Prezident Janoblari!
Navro‘z Sizga, oilangizga va O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Ushbu ajoyib bayram munosabati bilan ko‘plab amerikaliklar hamda dunyodagi boshqa xalqlar yangilanish va uyg‘onish ayyomini birgalikda nishonladilar.
O‘tgan yil may oyida Siz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv menga katta mamnuniyat bag‘ishladi, Siz amalga oshirayotgan islohotlar sur'ati meni g‘oyat xursand qilmoqda. Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda. Biz Afg‘onistonda barqaror taraqqiyot va tinchlikka erishishning tarafdori bo‘lgan paytda Sizning Shimoliy yo‘lak masalasida qo‘llab-quvvatlashingizni qadrlayman. Navro‘z muborak!», deyiladi tabrikda.
Avvalroq Prezident matbuot xizmati Navro‘z munosabati bilan Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, Falastin rahbarlari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llagani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
09:37 / 03.02.2026
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
00:06 / 06.06.2020
Tramp koronavirusdan 2 mln doza vaksina tayyorligini ma'lum qildi
15:47 / 05.06.2020