Gana g‘arbida ikkita avtobusning ro‘parama-ro‘para to‘qnashuvi oqibatida 70 dan ko‘proq yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy portal mynewsgh.com ma'lum qildi.
Yo‘l-transport hodisasi Shimoliy Kintampo okrugida 22 mart ertalab yuz bergan. To‘qnashuvdan keyin avtobuslardan biri yonib ketgan, undagi barcha yo‘lovchilar voqea joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi avtobus yo‘l chetidagi qiyalikdan ag‘darilib ketgan. Undagi bir necha yo‘lovchi omon qolgan, jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Taxmin qilinishicha, avtohalokatga avtobuslardan biri haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. Voqea tergov qilinmoqda.

















