Bugun Özbekistondagi ayrim saytlar va telegram-kanallar «Özbekistonda pensiya yoşi özgardi» sarlavhasi ostida xabar tarqatişdi.
Bu xabarlarda Vazirlar Mahkamasining 18 martdagi qarori bilan ayrim hujjatlarga özgartirişlar kiritilib, pensiyaga çiqiş yoşi uzaytirilgani, yangi tartibga köra, endi erkaklar 65, ayollar esa 60 yoşdan pensiyaga çiqişi aytilgandi.
Huquqşunos Xuşnudbek Xudayberdiyev özining telegramdagi kanalida bu xabarlardagi tuşunmovçilikka izoh berib, pensiya yoşiga doir heç narsa özgarmagani haqida yozgan.
Nogironligi bölgan farzandlarning onalarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 18 martdagi qarori bilan ayrim hujjatlar özgariş kiritildi.
Xususan, 2011 yil 7 apreldagi VM qarori bilan tasdiqlangan «Pensiya tayinlaş uçun zarur bölgan iş stajiga ega bölmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida nizom»ga ham özgariş kiritildi.
Bu nizom kimlarga taalluqli edi?
1) pensiya tayinlaş uçun zarur bölgan iş stajiga ega bölmagan qariyalar;
2) mehnatga layoqatsiz fuqarolar.
Nimalar özgardi?
Özgarişga köra, endilikda bolalikdan nogironligi bölgan farzandi bor onalarga ham nafaqa beriladigan böldi.
Nizomning 6-bandiga köra, yoşga doir nafaqalar:
erkaklarga — 65 yoşga yetganlarida;
ayollarga — 60 yoşga yetganlarida tayinlanadi.
(ya'ni bu band azaldan bor edi, yangi qöşilgani yöq

















