Xitoy 1950 yillardan beri birinçi marta pensiya yoşini «bosqiçma-bosqiç oşiradi», çunki mamlakat aholisining umr köriş davomiyligi oşib, pensiya budjetining qisqarişi kuzatilmoqda, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilişiça, 13 sentabr kuni mamlakat oliy qonunçilik organi işlaydigan ayollarning pensiyaga çiqiş yoşini 50 dan 55 yoşgaça, davlat xizmatçisi lavozimida faoliyat yuritadigan ayollarning pensiya yoşini esa 55 dan 58 yoşgaça oşiriş borasidagi taklifni ma’qullagan.
Erkaklarning pensiyaga çiqiş yoşi esa 60 dan 63 yoşgaça oşiriladi. Xitoy hozirda dunyoda pensiyaga çiqiş yoşi böyiça eng past körsatkiçga ega davlatdir.
Rejaga muvofiq, özgarişlar 2025 yil 1 yanvardan kuçga kiradi, pensiya yoşi esa keyingi 15 yil davomida bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi. «Sinxua» davlat axborot agentligining ma’lum qilişiça, qonun bilan örnatilgan yoşdan oldin pensiyaga çiqişning imkoni bölmaydi, biroq fuqarolar özlarining pensiyaga çiqişini uç yildan oşmagan muddatga keçiktira oladi.
Şuningdek, 2030 yildan boşlab işçilar keyinçalik pensiya olişlari uçun ijtimoiy ta’minot tizimiga köproq badallarni tölaşga majbur böladi. 2039 yilga borib esa ular pensiya oliş uçun 20 yillik badallarni tölaşlari kerak.
2019 yilda Xitoy davlat ijtimoiy fanlar akademiyasi 2035 yilga borib mamlakatdagi asosiy davlat pensiya jamğarmasining pullari tugaşini ma’lum qilgandi — bu Xitoy iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan kovid pandemiyasidan oldingi prognozlardir.
Pensiya yoşini oşiriş va pensiya siyosatini özgartiriş rejasi «Xitoyda örtaça umr köriş davomiyligi, salomatlik holati, aholi tarkibi, ta’lim darajasi va işçi kuçi takliflarining har tomonlama baholanişiga» asoslangan.

















