Afrika boks konfederatsiyasi (AFBC) rahbari Muhammad Mustasan Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan.
Uni tayinlaş haqidagi qaror Ğofur Rahimovning öz ixtiyori iste'foga çiqişi ortidan qabul qilingan. Inside the Games’ning xabariga köra, Mustasan AIBA Ijroiya qömitasining telekonferensiya formatida ötgan yiğilişida saylangan.
Eslatib ötamiz, keça 22 mart kuni AIBA prezidenti Ğofur Rahimov iste'foga çiqiş haqidagi qarorini e'lon qildi. Rahimov 2018 yilning noyabrida Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) ning öz nomzodini ilgari surmaslik haqidagi iltimosiga qaramasdan AIBA prezidenti etib saylangan edi. Rahimovning bu lavozimni egallaşi XOQ tomonidan boksning Olimpiya öyinlari dasturida qoldiriş masalasiga ta'sir ötkazişi mumkinligi aytib kelinayotgan edi.


















