Özbekistonlik boksçi Elnur Abduraimov rossiyalik Dmitriy Xasiyevga qarşi jangidan keyingi fikrlarini bildirib ötdi.

«Bu professional ringdagi törtinçi jangimda törtinçi ğalaba böldi. Ötgan yilning noyabrida men ança tajribali braziliyalik boksçini nokaut qilgandim, bugun ham menga qarşi ança jiddiy raqib duç keldi, u öziga xos xarakterga ega va kuçli boksçi. Şunga qaramasdan men ringga özimga yuqori işonç bilan çiqdim va öz işimni qildim. Xasiyevning himoyasi kuçli emasligini payqadim va payt topib, uning jigar qismiga kuçli zarba yölladim.

Aytişni istardimki, öz oldimga Floyd Meyvezer va Meni Pakyao kabi jahon çempioni böliş maqsadini qöyganman», degan boksçi.

23 mart kuni Yekaterinburg şahrida taşkil qilingan boks keçasida özining navbatdagi jangini ötkazgan Elnur Abduraimov Dmitriy Xasiyevni 6 raundlik jangning 2-raundida nokautga uçratdi va muddatidan avval ğalaba qozonib, özining ğalabali seriyasini davom ettirdi.