Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Huquqiy tarğibot işlari a'loçisi” kökrak nişoni töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, kökrak nişoni bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga munosib hissa qöşgan davlat organlari va taşkilotlar xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oşirişda körsatgan xizmatlari uçun taqdirlanadilar.

Kökrak nişoni bilan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham taqdirlanişi mumkin. 

Davlat organlari va taşkilotlar har yili 1 oktyabrga qadar öz xodimlarini kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflarni tegişliça Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar adliya boşqarmalariga taqdim etadi.

Respublika darajasidagi davlat organlari va taşkilotlar har yili 1 oktyabrga qadar öz xodimlarini kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflarni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Nomzod böyiça taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning obektivka-ma'lumotnomasi, sönggi uç yil davomida u tomonidan jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş borasida amalga oşirilgan işlar taqdim etiladi.

Hududiy adliya organlari tomonidan nomzodlar böyiça taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda örganib çiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 20 oktyabrga qadar vazirlikka taqdim etiladi. Hududiy adliya organlari rahbarlari belgilangan holatlarni istisno qilgan holda öz taşabbusiga köra ham nomzodlar töğrisida har yili 20 oktyabrga qadar vazirlikka taklif kiritişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan kökrak nişoni bilan taqdirlaşga oid takliflarni körib çiqiş böyiça komissiya taşkil etiladi. Komissiya yiğilişida nomzodlar böyiça hujjatlar örganilib, har yili 20 noyabrga qadar eng munosib nomzodlar böyiça yakuniy xulosa çiqariladi.

Komissiya tomonidan nomzodlarni kökrak nişoni bilan taqdirlaşda quyidagilar inobatga olinadi:

nomzodning aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga bağişlangan ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlari soni;

huquqiy madaniyatni tarğib qilişga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan videoroliklarning tayyorlanganligi;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni tarğib qiliş böyiça turli innovatsion samarali uslublarning işlab çiqilganligi.