Muhandis Vladimir Şuxovning "Törsimon dastxat" minorasi bugun yana qayta "jonlandi". 92 yillik tarixga ega suv inşooti tarixiy va hamişa navqiron Buxoroning me'moriy yodgorligi sifatida xizmat körsata boşladi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati.

24 mart kuni bölib ötgan "Şuxov minorasi"ning oçiliş marosimida Buxoro viloyati hokimining turizm masalalari böyiça örinbosari B.Şahriyorov, Fransiyaning favqulodda va muxtor elçisi Violen de Vilmor xonim, Buxoro şahri hokimi K.Kamolov, viloyat turizmni rivojlantiriş departamenti direktori F.Xöjayev, IIV vakillari va xorijiy mehmonlar iştirok etişdi.

Bukhara Tower oçilişi munosabati bilan qizil tasma uzilganidan söng mehmonlarga minora tarixi haqidagi videorolik namoyiş etildi.
Minoraning birinçi qavatida kafe, avia- va temir yöl çiptalari kassasi, mehmonlar uçun axborot markazi faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Ikkinçi qavatda restoran joylaşadi. Törsimon tuzilmaning uçinçi qavatidan esa sirli Buxoroning ertaknamo gözalligini kuzatiş mumkin böladi.


Manbada ta'kidlanişiça, Bukhara Tower turizm sohasida yangi imkoniyatlarga yöl oçadi, tinçlik va farovonlik mayoği sifatida xizmat qiladi.

















