BAA vitse-prezidenti, boş vaziri, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum Tvitterda özbek tilida tvit yozdi.

“Biz Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklariga davlat taşrifi bilan kelganidan juda ham mamnunmiz. Uşbu taşrif ikki davlatimiz örtasidagi aloqalarda yangi sahifani oçib beradi”, deyiladi unda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklariga rasmiy taşrifi doirasida 26 mart kuni Dubay şahrida Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan muzokara ötkazdi.

Köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş masalalari Şavkat Mirziyoyevning Şayx Muhammad bin Roşid Ol Maktum bilan “Zaabil” saroyida bölib ötgan uçraşuvining asosiy mavzusi böldi. 

Dubay amiri öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga çiqqan Özbekiston bilan köp qirrali aloqalarni mustahkamlaşdan manfaatdorligini bildirdi.

Özbekiston prezidentining BAAga taşrifi doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bölgan kelişuvlarga erişildi.