AQŞ mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Patrik Şanaxan Meksika bilan çegarada tösiq qurilişi uçun vazirlik budjetidan 1 mlrd dollar ajratilişiga ruxsat berdi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilişiça, uşbu mablağ balandligi 5,5 metr, uzunligi 90 km bölgan tösiq qurilişi, yöllarni ta'mirlaş va çegara böylab yoritgiçlar örnatişga sarflanadi.
AQŞ va Meksika çegarasida devor quriş Tramp saylovoldi kampaniyasidagi va'dalardan biri edi. 2017 yilning yanvarida prezident etib saylanganidan keyin, u ikkita farmonni imzoladi: devor qurilişini nazarda tutuvçi, davlat çegarasini qöriqlaş haqida va immigratsiya töğrisida. Avgust oyi boşida Amerika yetakçisi devorning katta qismini quriş haqida topşiriq bergani xabar qilingandi.
AQŞ Demokratik partiyasi a'zolari devor qurilişiga qarşi çiqişdi va bu kelişmovçilik mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan “şatdaun”ga olib keldi.

















