Özbekiston milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Otabek Şukurov 25 mart kuni Xitoyga qarşi öyinda (1:0) jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Jamoa şifokori Abror Pirriyevning sözlariga köra, Otabekning boldir suyagi singan, uning tiklanişi uçun taxminan 2 oy vaqt kerak böladi.
In the post-match interview, Wei Shihao, the 23-year-old Guangzhou Evergrande claimed 'It was not deliberate. It was just a technical decision to slow the rhythm of the game. I don't know if he is injured. Tough physical challenge in football is common so injury is inevitable. ' pic.twitter.com/JuAaQbpKRO
— Titan Spors Plus (@titan_plus) March 25, 2019
«Biz maydonning özida Otabekka birinçi yordamni körsatdik. Keyin uni mahalliy şifoxonaga olib bordik. Tekşiruvlar natijasida Otabekning boldir suyagi pastidan singani aniq böldi. Ammo suyak joydan siljimagan. Bu juda muhim. Qolaversa, siniş köndalang emas. Bunday hollarda futbolçining jarohatdan tiklanişi osonroq böladi. Tekşiruvlar natijasidan keyin şunday xulosaga keldik: bunday holatda futbolçi yo operatsiya qilinişi kerak yoki oyoqning singan joyi fiksatsiya, ya'ni gips qilinib, davolanişi zarur. Operatsiya qilingan taqdirda, jarohatning bitişi tezroq böladi.
Ammo Otabek Şukurov «Şarja» klubi a'zosi bölganligi sababli bu holda klub şifokorlari bilan maslahatlaşiş talab etilardi. Biz BAA klubi bilan aloqaga çiqdik. Ular Otabekning oyoğini gips qilgan holda, Dubayga olib borişni maslahat berişdi. Klub şifokorlari Dubayda futbolçini yana bir bor tekşiruvdan ötkazişadi. Keyin davolaniş böyiça eng ma'qul variantni özlari futbolçi bilan kelişgan holda amalga oşirişadi. Şu sababli Şukurovning oyoği gips qilindi.

Bunday jarohatlar odatda ikki oy içida tiklanadi. Otabek Şukurovga tezroq soğayib ketişini tilab qolamiz», - degan Abror Pirriyevning sözlarini keltirdi ÖFA matbuot xizmati.
Eslatib ötamiz, 22 yoşli xavbek bir neça kun oldin «China Cup» musobaqasi yarim finalidagi Urugvayga qarşi bahsda (0:3) töliq vaqt davomida öynagan edi. U uçinçi örin uçun Xitoy bilan uçraşuvda ham asosiy tarkibda tuşgan, 37-daqiqada mezbonlar hujumçisi Vei Şixaoning qöpolligi natijasida şikastlangandi. 40-daqiqadan uning örnida Odil Ahmedov öyinni davom ettirdi.

















