O‘zbekiston | 08:07 / 27.03.2019
38046
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat tarkibiy bo‘linmalarining ba'zi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi

Foto: Shutterstock

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalarining rahbar xodimlarini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Zafar Zoirovich Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimidan;

Muzaffar Rahimjonovich Rasulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri lavozimidan ozod qilindilar.

Bildirilishicha, 3.Saidov va M.Rasulovlarning avvalgi lavozimi bo‘yicha belgilangan tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari saqlab qolinadi.

Mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yil 26 mart kuni ushbu qarorni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida bosh vazir o‘rinbosarlari - iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha komplekslari rahbarlari lavozimlari, shuningdek ularning apparatlari (kotibiyat), komplekslari, tarmoqlari, sohalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentlari tugatilgan. Ushbu qarorning 1-ilovasiga ko‘ra, sohalar bo‘yicha kotibiyatlar tashkil etilishi va xodimlarning cheklangan 178 nafari tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan edi.

Mavzuga oid